Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurt himoyasi — muqaddas burch
11:34 / 2022-12-17

O‘zbekiston Respublikasi DXX chegara qo‘shinlariga qarashli Buloqboshi tumanidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan hududdagi mahalla, umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda yoshlarni yurtga sadoqat, harbiy burchga hurmat hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Harbiy qism askar va zobitlari ishtirokida tumandagi 23- umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Yurt himoyasi muqaddas burch” deb nomlangan davra suhbati ana shu yo‘nalishdagi ishlardan biri bo‘ldi.  

– Mamlakatimiz chegaralarini qo‘riqlash, daxlsizligini saqlash yurtimiz har bir o‘g‘lonining muqaddas burchi, – deydi qism komandirining tarbiyaviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Ashurali Akbolayev. – Yoshlarga ana shu burchni chuqurroq anglatish, ularni yurt himoyasiga shay insonlar qilib tarbiyalashda biz o‘tkazayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi.    

Davra suhbatida harbiylar o‘quvchi yoshlarga xizmat jarayonlari, shuningdek,  chegara qo‘shinlarining shonli va jangovar an’analari, Davlat chegaralarini qo‘riqlash sharafli vazifa ekanligi haqida gapirib berdi. Harbiy xizmatchilar tomonidan qurol-aslahalar yordamida turli ko‘rgazmali mashg‘ulotlar namoyish etildi.  

Mazkur tadbir o‘quvchi yoshlarning Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik hissi bilan yashash, ularning javobgarlik mas’uliyatini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, mazkur harbiy qismda Buloqboshi tumanidagi 55- va 68 ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari o‘quvchilar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.  

O‘quvchilarning chegara qo‘shinlariga, harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, qalbida  Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbir ishtirokchilari dastlab  harbiylarning xizmat va yashash sharoitlari, o‘quv-mashg‘ulot xonalari bilan tanishdi. Ayniqsa, o‘quvchi yoshlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi muloqot juda qiziqarli kechdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi.  

Yoshlarga qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi, harbiy xizmatni o‘tash, qurollardan foydalanish haqida tushunchalar berildi.  

F. UBAYDULLAEV,  

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA