Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuristlar malakasini oshirish markazining filiallari tashkil etiladi
12:52 / 2020-09-09

“Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.


“Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Yuristlar malakasini oshirish markazining (Markaz) Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda hududiy filiallari tashkil etiladi (yuridik shaxs tashkil etmagan holda).

Kasbiy ehtiyojlardan kelib chiqib kadrlar buyurtmachilari va xodimlarga malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash imkoniyati yaratiladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Yuristlar malakasini oshirish markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablari.


Oʻqitish davomiyligi qayta tayyorlash kurslarida 4 oy (576 soat)ni, malaka oshirish kurslarida esa 2 hafta (72 soat)ni tashkil etadi.

Qarorga koʻra, kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi faoliyatini tashkil qilish va har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qiluvchi yagona maʼlumotlar bazasi – elektron platforma ishlab chiqiladi.

Shuningdek, malaka oshirish kursi bitiruvchilariga elektron sertifikatlar berish amaliyotini joriy etish maqsadida “Elektron sertifikatlar repozitoriysi” tizimi va dasturiy taʼminoti yaratiladi.