Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuristlar malakasini oshirish markazi va “Mintaqaviy muloqot” tashkiloti hamkorlik qiladi
13:18 / 2021-10-30

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Sloveniyaning “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “Mintaqaviy muloqot” tashkiloti bosh rahbari Myusha Sever Markazda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi. Shuningdek, joylarda manzilli o‘quv kurslari, Markaz professor-o‘qituvchilarining xorijiy davlatlarga stajirovkalarini tashkil etish, advokatlar va mediatorlar uchun seminar-treninglar o‘tkazish, yuridik adabiyotlar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni tayyorlash, davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan xodimlarining malakasini oshirish rejalashtirildi. Chet el ekspertlarini o‘quv jarayonlariga jalb qilish va boshqa qator masalalarda hamkorlikni tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Yuristlar malakasini oshirish markazi mas’uli Shaxzoda Abdullayevaning ma’lum qilishicha, xalqaro hamkorlik loyihalari davom etadi.

 

O‘zA