Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurish marafoni: maqsad mehnat faoliyati samaradorligini oshirish
17:02 / 2022-04-14

Buxoroda 14 aprel – “Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat kengashi tashabbusi bilan viloyat korxona va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun yurish marafoni tashkil etildi.

– “Butunjahon salomatlik kuni – kasaba uyushmalari e’tiborida” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir yosh xodimlar va mehnatkashlarni sportning ommaviy turlariga qiziqtirish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan, – deydi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyati Kengashi madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri Adolat Akramova. – Shuningdek, ularni turli kasb kasalliklaridan muhofaza qilishdan iborat. Yurish marafonida 18-35 yoshdagi 3 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.  
Marafon Buxoro shahridagi “Sitora” istirohat bog‘idan start oldi. Ko‘hna Ark maydoniga yetib kelgan marafonchilar ertalabki gimnastika mashg‘ulotlarini bajardi. Ajoyib konsert dasturi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Viloyatda mehnatkashlarning ishdan ajralmagan holda sport-sog‘lomlashtirish mashqlarini bajarishi uchun 5 ta oliy o‘quv yurti, 537 ta o‘rta umumiy ta’lim maktabi, 20 ta o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi muassasasi, 450 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasada sport turlari bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.  
Hozirgi kunda 1010 ta korxona, tashkilot va muassasada xodimlar  uchun kichik sport-sog‘lomlashtirish xonalari tashkil qilingan. Xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladigan turli ommaviy sport musobaqalariga jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sport majmualarining malakali mutaxassislari jalb etilmoqda.  

[gallery-6623]


Zarif Komilov,  
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA