Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Yuridik yordam» axborot tizimi ishga tushirildi
11:47 / 2023-01-11

Advokatura faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida «Yuridik yordam» axborot tizimi (http://e-advokat.uz (http://e-advokat.uz/) ) ishga tushirildi.

Mazkur axborot tizimi qanday qulayliklarga ega?

Adliya vazirligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, axborot tizimi orqali advokatlik maqomini olishda talabgorlarning malaka imtihonini topshirish uchun elektron tartibda murojaat qilishi va malaka imtihoni jarayonlarini kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Tizim orqali faoliyat yuritayotgan advokatlar reyestri, ularning shaxsiy elektron kabineti yaratilib, advokatlar tomonidan elektron advokat orderini rasmiylashtirish, davlat organlari va tashkilotlariga advokatlik so‘rovlarini jo‘natish, arizalar berilishi mumkin.

Bundan tashqari, fuqarolar tomonidan axborot tizimi orqali advokatlar to‘g‘risida, ularning maqomi haqidagi ma’lumotlarning olinishi,  advokat reytingini aniqlashi, advokatning faoliyatini baholashi va advokat haqida o‘z fikrlarini izoh tariqasida yozib qoldirishi,  advokatura sohasiga oid qonunchilik hujjatlari, yangiliklar, statistik ma’lumotlar bilan tanishishi mumkin.

Ushbu tizimning ishga tushirilishi advokaturaga kirishda ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etadi. Advokatlar faoliyatini yengillashtiradi. Fuqarolarga ham advokatni oson topishga va ular faoliyatini baholashga yordam beradi.

 

 O‘zA