Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi majburiyatlari belgilanmoqda
21:01 / 2022-08-15

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.

Dastlab fraksiya a’zolari «O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildilar.

Ta’kidlanganidek, ushbu hujjatda o‘simliklarni himoya qilish sohasini tartibga solish, o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati, o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi davlat nazorati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, o‘simliklarni himoya qilish vositalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari, kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallarni saqlash, qo‘llash, zararsizlantirish, yo‘q qilib yuborishga doir talablar kiritish nazarda tutilyapti.

Deputatlarning aytishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi orqali o‘simliklar karantini va himoyasi agentligining huquq-vakolatlari va majburiyatlari qonun darajasida mustahkamlanadi. Qolaversa, qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan samarali foydalanish belgilangan normalarga muvofiq yo‘lga qo‘yiladi.

Muhokamalar chog‘ida fraksiya a’zolari qonun loyihasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va uni qo‘llab-quvvatladilar.

M.Komilova, O‘zA