Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuridik texnikumlarga test sinovlari 5 - 6-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi
19:24 / 2020-09-29

Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2020/2021 oʻquv yili uchun oʻqishga kirish boʻyicha Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari joriy yilning 5 va 6-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Adliya vazirligi xabariga koʻra, test sinovlari 2 smenada (1-smena soat 09.00 dan 12.00 ga qadar, 2-smena soat 15.00 dan 18.00 ga qadar) tashkil etiladi. Abituriyentlar tarix, xorijiy tildan test topshiradi.

Test sinovlariga kirish uchun ruxsatnomalarni texnikum.dtm.uz saytidan 2-oktyabr kuni soat 08.00 dan boshlab olish mumkin.