French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuridik ta’limdagi islohotlar OAV nigohida (+video)
08:40 / 2025-12-16

Bugungi kunda yuridik ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetida “Yuridik ta’limdagi islohotlar OAV nigohida” mavzusida press-tur tashkil etildi.

Press-tur doirasida tashkil etilgan brifingda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, professor Baxshillo Xodjayev Prezident Farmonining mazmun-mohiyati, uning yuridik ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishdagi ahamiyati, Toshkent davlat yuridik universitetida ushbu hujjat asosida olib borilayotgan islohotlar, yuridik ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, universitet oldida turgan vazifalar hamda zamonaviy, xalqaro standartlarga mos huquqshunos kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, brifingda Toshkent davlat yuridik universitetida xalqaro hamkorlik, qo‘shma ta’lim dasturlari va xalqaro reytinglar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, o‘quv jarayonini raqamlashtirish, Registrator ofisi faoliyati, shaffoflik va talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, universitetdagi transformatsiya jarayonlari, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari va innovatsion yechimlar haqida ma’lumot berildi.

Press-tur davomida jurnalist va blogerlar O‘quv-uslubiy boshqarma, Axborot-resurs markazi, imtihon xonalari, sport zali, sud zali, situatsion markaz, Yuridik klinika, atoqli huquqshunoslar nomidagi xonalar hamda qator kafedralar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jarayonda universitetda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, ta’lim jarayonining shaffofligi va talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar amaliy misollar orqali ko‘rsatib berildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HsQuc7EmiSU" title="Yuridik ta’limdagi islohotlar OAV nigohida " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Mazkur press-tur yuridik ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, OAV vakillari bilan samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

 

Muhayyo Turdaliyeva, Ismatov Ismatov, O‘zA