Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuridik taʼlimda ilm-fan va amaliyot hamkorligi yoʻlga qoʻyiladi
13:45 / 2020-05-11

Har qanday zamon va makonda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini taʼminlash dolzarb masalalardan biri boʻlib kelgan.


Har qanday zamon va makonda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini taʼminlash dolzarb masalalardan biri boʻlib kelgan.

Jahon tajribasini olib qaraydigan boʻlsak, bu masala davlat-xususiy sherikchiligi tamoyillari asosida ijobiy hal qilib kelinmoqda.

Soʻnggi yillarda yuridik taʼlim sifati va kadrlar salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish, yuridik taʼlim va fan qamrovini oshirish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2020-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi boʻldi.

Mazkur farmon Oʻzbekistonda yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish bilan bir qatorda, yuridik xizmatlar bozori talablariga javob bera oladigan malakali kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy-iqtisodiy asoslarini taʼminlash yoʻnalishidagi universitet faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi.

Yuridik xizmatlarni tashkil etishda institutsional hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi

Prezident farmonida Vasiylik kengashi bilan birgalikda samarali tizimni yaratish – davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, turli mulk shaklidagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarida yuridik kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni chuqur tahlili asosida yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha buyurtmani samarali shakllantirish vazifasi ham alohida belgilab berildi.

Jumladan, Adliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda muntazam ravishda tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga, oʻz yuridik xizmatlarini tashkil etishda koʻmaklashishi;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga yuridik maʼlumot zarur boʻlgan lavozimlar roʻyxatini kengaytirgan holda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritishi kabi muhim vazifalar ham belgilab berilgan.

“Ilmiy-innovatsion markaz-kafedra-ishlab chiqarish” triadasi va “Business Networking” tashkil etiladi

Xususan, davlat-xususiy sheriklik asosida jamiyatimizning barcha institutsional tuzilmalari bilan yuridik sohadagi ilm-fan va amaliyot integratsiyasini taʼminlash bilan bogʻliq faoliyatini takomillashtirish mexanizmlaridan biri sifatida “Ilmiy-innovatsion markaz-kafedra-ishlab chiqarish” triadasi va “Business Networking” tashkil etiladi.

Huquqni qoʻllashning tizimli muammolarini oldindan prognozlash, aniqlash va bartaraf etishga, shu jumladan yuridik xizmat isteʼmolchilari oʻrtasida aloqalarni oʻrnatishga imkon beradigan TDYUU ilmiy–innovatsion markazi yordamida samarali faoliyat koʻrsatadigan “ilmiy-innovatsion markaz-kafedra-ishlab chiqarish” triadasini yaratish orqali “University 3.0” konsepsiyasini amalga oshirish uchun“Forsayt-prognozlash” innnovatsion tizimini bosqichma-bosqich joriy etish koʻzda tutilgan.

Bir soʻz bilan aytganda, Prezidentimizning mazkur Farmoni Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirishda davlat-xususiy sheriklik asosida jamiyatimizning barcha institutsional tuzilmalari bilan yuridik sohadagi ilm-fan va amaliyot integratsiyasini taʼminlashda huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Erkin SHODIYEV,
TDYUU katta oʻqituvchisi