English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuraklarga g‘urur bag‘ishlab
13:57 / 2022-08-25

Samarqandda kuni kecha bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar bahonasida ko‘nglimdagi bir gapni aytmoqchiman. Men 70 yoshga kirib, shu hududda bu qadar shiddatli rivojlanish, inson taqdiriga e’tiborni ko‘rmaganman. Bugun olis qishloqda yashovchi oddiy yurtdoshlarimiz mamlakatdagi juda katta, oqilona islohotlar samarasini seza boshladi. Qishloqlarda yo‘laklar, gulzorlar paydo bo‘lganligi fikrimning isbotidir.

Ana shunday paytda biz tinchligimizga, osoyishtaligimizga shukrona qilish barobarida mehribon Prezidentimizni ham duo qilamiz. Negaki, aynan ana shu jasoratli inson tufayli biz dunyo hamjamiyatida ko‘zga ko‘rinib qoldik. Qo‘shnilar, rivojlangan davlatlar bilan hamkorligimiz izga tushdi. O‘zbekiston mahsulotlari asta-sekinlik bilan jahon bozorini egallamoqda. Birgina “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining tashkil etilishi aholining ishlab chiqarishga, hokimliklarning esa tadbirkorlarga munosabatini o‘zgartirdi. Bu g‘oyani aynan davlatimiz rahbarining taklifi va jonkuyarligi bilan amalga oshiryapmiz. Bu iqtisodiy zonadan yuz xil mahsulot eksport qilinmoqda. Endilikda viloyat bo‘yicha mazkur iqtisodiy zonaning bo‘limlari tashkil etilmoqda.  

Bunday taraqqiyotga tan bermay bo‘ladimi?! “Buyuk ipak yo‘li” deb nom olgan xalqaro turizm markazi tasodifiy mo‘’jiza emas. Keyingi besh-olti yil davomida olib borilgan oqilona islohotlar samarasi, xalqimiz aql zakovatining, bunyodkorligining natijasi. Ochig‘i, ana shu yurakdagi gaplarimni Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lgan suhbatda g‘ururlanib aytdim. Ulug‘ini ulug‘lagan el ulug‘ bo‘ladi. Zero, ulug‘likni anglash yangi ulug‘larning dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Bugun mamlakatimizda aynan ana shu shior amalda. Shu boisdan biz shonli tariximizdan saboq chiqarib, ertangi kunimizni, farovonligimizni belgilayapmiz. Inshoalloh, bunday kelajak dunyo hamjamiyatida e’tirof etiladi, bunyodkor xalqimizning nufuzini oshiraveradi.  

Farmon Azizov, 
mehnat faxriysi, 
O‘zA