Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yurakdan yurakka" insoniylik aksiyasi
17:56 / 2023-12-03

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida "Inson qadri uchun!" shiori ostida "Yurakdan yurakka" nomli xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati sektorlar  rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, bo‘lim va kotibiyatlar mudirlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, tuman va shahar hokimliklari mutasaddilari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, ko‘ngilli qatnashchilar ishtirok etdi.  

Viloyat hokimining o‘rinbosari  Xolmirza Niyozov hamda viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Abduhamid Malikovlar insoniylik, mehr-muruvvat naqadar oliy qadriyat ekanligi, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imkon doirasida saxovat ko‘rsatish  kabi ezgu fazilatlar xususida fikr-mulohazalar bildirdi.  

Shundan so‘ng "#YurakdanYurakka" xeshtegi  ostida o‘tayotgan aksiyada Toshkent viloyatidagi  Gematologiya qon quyish institutining bemor bolajonlari, maxsus maktab- internat tarbiyalanuvchilari tomonidan yasalgan amaliy san’at namunalari sotuvi tashkil etildi.

Shuningdek, maxsus xayriya qutisiga ishtirokchilar  ko‘ngilli ravishda naqd pul shaklida saxovat ko‘rsatdi.

Tadbir doirasida viloyatdagi nogironligi bo‘lgan, imkoniyati cheklangan bolajonlar va fuqarolar uchun jami 300 kishilik joy hozirlanib, to‘kin dasturxon yozildi.

Shuningdek, xayr-saxovat ulashuvchilar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga sovg‘alar taqdim qilindi. Konsert dasturlari, ko‘ngilochar chiqishlar namoyish etildi.

A. Musayev, O‘zA muxbiri