Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Yurak talpingan dargoh» filmi ertaga namoyish etiladi
20:40 / 2022-03-26

So‘nggi yillarda barcha sohalar qatori madaniyat tizimida, jumladan, teatrlarimiz hayotida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning teatr sohasiga doimiy e’tibori, shu borada qabul qilingan qator farmon va qarorlari milliy teatrimizni yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xalqimiz o‘rtasida teatr san’atiga bo‘lgan qiziqish va e’tiborni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Prezident Matbuot xizmati tomonidan 27 mart – Xalqaro teatr kuniga bag‘ishlab tayyorlangan «Yurak talpingan dargoh» filmi - shu haqda. Film ertaga, 27 mart kuni soat 20:30 da «O'zbekiston 24» telekanalida namoyish etiladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LkWfqODNG7M" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>