Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuragi xasta iqtidorli bolalarning xorijda ta’lim olishiga ko‘maklashiladi
09:53 / 2022-08-05

Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda Janubiy Koreyaning Milal yurak fondi o‘rtasida besh yilga mo‘ljallangan memorandum imzolandi.

Memorandumni imzolash jarayoni onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi. Unda Fond prezidenti Li Jong Je hamda fond vakillari, Markaz direktori Alisher Sharipov rahbarligida markaz kardiologlari, kardiojarrohlari ishtirok etdi. Memorandumga ko‘ra, Milal yurak Fondi tomonidan har yili mamlakatimizda tug‘ma yurak nuqsonlari bor 50 nafar bolada o‘tkazilgan kardiojarrohlik xarajatlari qoplab beriladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, yurak kasalligi bor bolalarda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlari xarajatlarini qoplab berish, ularning iqtidorlilarini Koreya Respublikasining Oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida ta’lim olishi va turar joy to‘lovlarni qoplab berish orqali yurak xastaligi bor bemor bolalarga yordam berish maqsad qilingan.

Shuningdek, memorandumda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bolalarni bepul diagnostika qilish, ularni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, madaniy tadbirlar o‘tkazish, ekskursiyalar tashkil etish va boshqalar nazarda tutilgan.


M.Qosimova, O‘zA