Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuqori texnologiyali qo‘shimcha qiymat yaratuvchi yarimo‘tkazgichlar sohasi rivojlantiriladi
20:29 / 2025-09-25

Kuni kecha Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Malayziya va Koreya Respublikasining yarimo‘tkazgichlar sanoatida elektronika, dasturlash hamda loyihalash muhandislarini tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda qator vazirliklar mas’ullari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor va ekspertlari  ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda yarimo‘tkazgichlar sohasi istiqbollari, bu yo‘nalishda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning ahamiyati, jahon bozoridagi tendensiyalar hamda tarmoqni rivojlantirishda xorijiy tajribani o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar respublikamizda yarimo‘tkazgichlar sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, tarmoqda amalga oshiriladigan birlamchi vazifalar, tarmoq va ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy tajriba va uni samarali qo‘llash yo‘llarini muhokama qildi.

Unda Malayziya davlatining yarimo‘tkazgichlar sanoatini tarmoqdagi qiymat zanjiriga bog‘lanishi natijasida rivojlantirish tajribasi, bugungi kundagi holati, sohada kadrlarni tayyorlash masalalari bo‘yicha  taqdimot qilindi.

Shuningdek, Koreya Respublikasining elektronika, loyihalash, dasturlovchi muhandislarni tayyorlash, mamlakatning ilmiy salohiyati va bu borada erishilgan yutuqlari keng talqin qilindi.

Davra suhbatida  “O‘zeltexsanoat” uyushmasining O‘zbekistondagi yarimo‘tkazgich sohasi bo‘yicha salohiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlari, iqtisodiy zona va texnologik park tashkil etish va ularni bosqichma bosqich rivojlantirish, Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining quvvat yarimo‘tkazgichlari yo‘nalishi, Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika institutining xalqaro hamkorligi, shuningdek, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining svetodiodlar, LED lampalar va ekranlar, dronlar ishlab chiqarishda yarimo‘tkazgichli komponentlarni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqildi.

Davra suhbati qatnashchilarida germaniy, rux, molibden kabi elementlarni mahalliy miqyosda o‘zlashtirish masalasi qiziqish uyg‘otdi. 

Ishtirokchilar tadbir yakunida salohiyatli ilmiy ishlanmalar asosida yarimo‘tkazgichli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha takliflarni kiritish, ishlab chiqarishda yarimo‘tkazgichli komponentlarni mahalliylashtirish, bu borada “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda ishlab chiqaruvchilar bilan ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi qator masalalar bo‘yicha o‘zaro  hamkorlikni mustahlashga kelishib oldi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA