Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuqori texnologik operatsiyalar amalga oshirilmoqda
17:57 / 2024-06-13

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining yangidan tashkil etilgan angiografiya bo‘limida 10 ga yaqin qiyinchilik darajasi yuqori bo‘lgan operatsiya o‘tkazildi. Ular orasida “Yurak ishemik kasalligi” bilan og‘rigan bemorlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

– Xususan, “koronarografiya” tekshirish usuli xulosasiga ko‘ra, yurakda ochiq operatsiya o‘tkazish taklif etilgan bir nechta bemorlar ochiq amaliyotni qabul qilmaganligi sababli yurak toj-tomirlar o‘tkazuvchanligini stentlash amaliyoti bajarildi, – deydi filial oliy toifali mutaxassisi Bekzod Alimxanov. – Ushbu amaliyot bilan ularda yurak toj-tomir o‘tkazuvchanligi muvaffaqiyatli tiklandi. Shuningdek, bemorlar orasida hozirgi kunda dolzarb bo‘lib kelayotgan “Bosh miyada o‘tkir qon aylanishi buzilishi” (insult) bilan og‘rigan bemorlarda uyqu arteriyalari o‘tkazuvchanligi ham tekshirildi.  

– Ularda kerakli davo choralari qo‘llanib, insult xavfi yuqori bo‘lgan bemorlar bilan nogironlik va o‘lim holatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar olib borilishi ta’minlandi, – deydi filial oliy toifali mutaxassisi Sardor Tursunov. – Bundan tashqari, ginekologiya, endokrinologiya va nevrologiya yo‘nalishi sohalarida angiograf yordamida bajarish mumkin bo‘lgan operatsiyalar mavzusida ma’ruzalar o‘qildi.  

Kelgusida bu kabi bemorlar bilan ishlash rejalari tuzildi.  

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan murakkab yuqori texnologiyali kaminvaziv operatsiyalar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida faoliyat olib borayotgan oliy toifali mutaxassislar hamda filial mutaxassislari ishtirokida bajarilganligini e’tirof etib o‘tish lozim.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri