Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuqori quvvat, sifat va eksport sari dadil qadam
15:01 / 2026-02-26

FOTOREPORTAJ

Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan “Uychi Parranda” MCHJ bugungi kunda 80 nafar yurtdoshimizni doimiy ish bilan ta’minlagan.  

Korxonada tovuq go‘shti 100 foiz qayta ishlanib, zamonaviy texnologiyalar asosida tayyor va yarim tayyor mahsulot holiga keltiriladi. Ishlab chiqarish quvvati ham e’tiborga molik – soatiga 6 ming bosh tovuqni qayta ishlash imkoniyati mavjud.

[gallery-27877]

Aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Kelgusida eksportni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Bu esa nafaqat korxona rivoji, balki hudud iqtisodiy salohiyatining yanada yuksalishiga xizmat qiladi.                                                                                                                                                  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA