Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuqori martabali diplomatlar bilan uchrashuv
15:26 / 2022-01-17

Fotoreportaj

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosida diplomat-tarjimonlarning mamlakatimizning chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Byuroning navbatdagi mehmonlari – O‘zbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov va mamlakatimizning Fransiyadagi (Portugaliyada – o‘rindoshlik asosida) Favqulodda va Muxtor Elchisi Sardor Rustamboyev bo‘ldi.

[gallery-5474]

Yuqori martabali diplomatlar yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida elchi bo‘lishning ahamiyati, professional diplomat bo‘lib yetishish uchun qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerak, yakunlangan yilda BMT doirasida O‘zbekistonning qanday muhim tashabbuslari olg‘a surilgani, chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar qoshida kasbga doir stajirovkalar o‘tash uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi yuzasidan diplomat-tarjimonlarga batafsil tushuncha berdi. 

Uchrashuv konstruktiv muloqot hamda mazmunli tajriba va fikrlar almashinuvi muhitida bo‘lib o‘tdi.

Kamola Yusupova,
Oqil G‘ulomov (surat) O‘zA