Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga belgilangan hajmlarda qo‘ymaslik oqibati nimalarga olib keladi?
18:36 / 2022-05-30

Yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qo‘yilmagan taqdirda sotuvchidan mahsulotni birja savdosiga qo‘yishning oxirgi sanasida shakllangan birja narxi bilan uning ishtirokidagi oldingi savdolar birja narxi o‘rtasidagi tafovut, ya’ni sotuvchi tomonidan oxirgi savdolarga qo‘yilmagan tovarning hajmiga ko‘paytirilgan mablag‘larni olib qo‘yish choralari qo‘llaniladi.

Ushbu talab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarorida batafsil tushuntirib berilgan bo‘lib, sotuvchilar ob’ektiv va ularga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli jadvallarda nazarda tutilgan hajmlarda mahsulotni birja savdolariga qo‘yish muddatlarini bajarishning imkoniyati bo‘lmagan holatlarda, mahsulotni birja savdolariga qo‘yish sanasidan bir kun avval, bu haqda monopoliyaga qarshi kurashish organini hamda birjani xabardor qilishi lozimligi belgilangan. 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja narxlari monitoringi yuzasidan doimiy o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda. 

Lekin, o‘tkazilayotgan o‘rganishlar natijasida aniqlanishicha viloyatdagi yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi “ayrim” korxonalar mas’ullari ushbu qonunchilik talablarini bilishmaydi yoki bilishni xohlashmaydi. 

Jumladan, “Oqoltindonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021 yilning aprel, iyun, iyul, sentyabr oylarida omuxta yem mahsulotini, “Baxt moy invest” ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2021 yil davomida shrot, sheluxa va paxta yog‘i mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish reja-grafiklarini bajarmasliklari natijasida tovarni birja savdosiga qo‘yishning oxirgi sanasida shakllangan birja narxi bilan uning ishtirokidagi oldingi savdolar birja narxi o‘rtasida tafovut aniqlandi. Bu o‘z navbatida, birjada narxlarning asossiz oshirilishiga olib keladi. 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Sirdaryo viloyati xududiy boshqarmasi tomonidan qonunchilik talablariga amal qilmagan yuqoridagi korxonalarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qo‘yilmaslik natijasida 145 million so‘mdan ortiq asossiz olingan mablag‘lar qayta hisob-kitob qilish choralari ko‘rildi. 


O‘zA