English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuqori kuchlanishli yangi havo elektr liniyasi ishga tushirildi
15:18 / 2021-04-19

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati ma’lum qilishicha, “Taxiatosh IES” aksiyadorlik jamiyatida yangi L-1-X-1-220 kV quvvat ega yuqori kuchlanishli havo elektr liniyasini ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muvaffaqiyatli yakuniga yetkazildi.

Mazkur liniyaning sinov-sozlash ishlari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan hamkorlikda olib borildi. Yangi liniya “Taxiatosh IES” AJnito‘g‘ridan-to‘g‘ri “Xorazm” nimstansiyasi bilan bog‘laydi.  

Xabaringiz bor, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida har birining quvvati 280 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish investitsion loyihasining amalga oshirilishi natijasida stansiyaning ishlab chiqarish quvvatlari oshirilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va qisman Navoiy viloyatiga qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berishimkoniyati paydo bo‘ldi.  

–Yangi liniyaning ishga tushirilishi O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimiga sifatli elektr energiyasi uzatilishini ta’minlaydi. Buning natijasida yurtimiz istemolchilari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz va barqaror ravishda elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, –dedi “Taxiatosh IES” AJ  bosh direktori Faxriddin Xalilayev.

 

Nasiba Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA