Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuqori Chirchiqda yangi ob’ektlar ish boshladi
16:57 / 2023-08-12

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida mamlakatimiz Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bir qator davlat va jamoat ob’ektlari foydalanishga topshirildi.

Xususan, hududdagi “Qizilsoy” mahallasida yangi ko‘prik ishga tushirildi. Ochilish marosimiga Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayev, tuman hokimligi vakillari va faollar qatnashdi.  

Ta’kidlanganidek, bunday yangiliklarning hammasi xalq obodligi yo‘lida, muhtaram yurtboshimizning olib borayotgan siyosatlarini naqadar adolatli ekanidan darak beradi. Tuman aholisi barpo etilgan bunyodkorlikdan mamnun bo‘lib, yaratilgan qulayliklar uchun minnatdorlik bildirdi.  

Yangi ko‘prikning uzunligi 96, kengligi 13 metrni tashkil etadi. Navbatdagi manzil “Nurli zamin” mahallasida joylashgan 1-sonli mahalla huquq-tartibot maskani bo‘ldi. Bu maskan “Nurli zamin”, “Saxovat”, “Yangihayot”, “Jaloltepa”, Ahmad Yassaviy va “Qizilsoy” mahalla fuqarolar yig‘inlariga xizmat ko‘rsatadi. Maskanga profilaktika katta inspektori rahbarlik qiladi. Huquq-tartibot maskanida profilaktika katta inspektori, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, voyaga yetmaganlar bo‘yicha inspektor-ruhshunos, tezkor vakil va surishtiruvchi xizmat xonalari mavjud.  

Bu maskanni tashkil etilishidan maqsad jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va ichki ishlar organlarida jamoat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.  

Tadbir ishtirokchilari binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Hudud aholisi bilan yaqindan suhbatlashdi. Bu yil tumandagi “Ochiq byudjet” axborot portaliga kiritilgan loyihalar bo‘yicha jami 7 ta mahallada 19,2 kilometr ichki ko‘chalarga asfalt yotqizildi. Jumladan, 15 ming 128 ta ovoz to‘plagan “Nurafshon” mahallasidagi 1,4 kilometr ichki ko‘cha ta’mirlandi. Shuningdek, aholi uchun mahalla bo‘ylab jamoat transporti yo‘lga qo‘yildi.  

 

A.Musayev,O‘zA.