Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuqori Chirchiq tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ochildi
16:34 / 2024-06-05

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosi yangidan rekonstruksiya qilinib, bugun, 5 iyun kuni foydalanishga topshirildi.

Unda tuman hokimi Uskenbay Atemov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ixtiyor Xo‘jayorov, nuroniylar, hamkor tashkilotlar hamda tuman faollari ishtirok etdi. 

Tadbir avvalida tuman hokimi U.Atemov markazning barpo etilishi, kelgusidagi faoliyati va imkoniyatlari to‘g‘risida so‘zlab o‘tdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i I.Xo‘jayorov aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib, tuman aholisini zamonaviy yangi bino bilan qutladi. 

Aytib o‘tish joizki, bugungi kunda tuman aholisi 39 ming nafardan ortiqni tashkil qiladi. Mahallalar soni esa 50 ta. Ushbu mahallalarga 20 nafar ijtimoiy xodim biriktirilgan bo‘lib, fuqarolar uchun kompleks hamda manzilli xizmat ko‘rsatmoqda. 

Umumiy aholi sonining 2 ming 806 nafari nogironligi bor shaxslar bo‘lsa, 2 ming 659 nafari esa Ijtimoiy himoya reyestrida turadi. Tumandagi 66 nafar yolg‘iz hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 8 nafar ijtimoiy xodim assistentlari soatbay tizimida xizmat ko‘rsatmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, “Inson” markazi xodimlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, nafaqa oluvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar, voyaga yetmagan bolalar va boshqa shaxslarga mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilishi tashkil etilmoqda. 

Bundan tashqari markazda operator oynasi orqali 60 yo‘nalishda onlayn murojaatlarni qabul qilish, aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zA