Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuqori Chirchiq aholisi ko‘prik ta’mirlanishiga muhtoj (+video)
19:25 / 2022-07-20

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Qizilsoy” mahallasida 1969 yil qurilgan ko‘prik joriy yil mart oyida yopilgan.

Tadbirkorlar tomonidan daryodagi qum-shag‘allarni qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng ko‘prikka yaqin bo‘lgan hududlardan ham me’yoridan ko‘p miqdorda qum-shag‘al qazib olingan. Natijada esa joriy yil mart oyida ko‘prikning bir ustuni cho‘kkani va ko‘prik xavfli holga kelib qolganidan xabar topgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining mutasaddilari ko‘prikni yopib tashlashgan.

Mutasaddi mas’ullar ko‘prikni ta’mirlash choralarini qidirmagan. Aksincha, eng oson yo‘li – taqiqlash va yopish usulida foydalanib qo‘ya qolishgan.

Xalq ko‘prikdan yayov o‘tib-qaytib turibdi. Yunalishli taksilar esa ikkiga bo‘lingan holda ko‘prikning ikki tomonidan xalqqa xizmat qilishda davom etmoqda. Bu esa yo‘lkiraning biroz qimmatlashishiga sabab bo‘lgan.

Avariya holatiga kelib qolgan ushbu ko‘prikka eng yaqin ko‘prik 18 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shu bois uzoq masofadan qatnashni istamagan haydovchilar esa daryoning sayoz joyidan o‘tishga majbur bo‘lishmoqda. Bu holat esa ko‘pgina haydovchilar uchun biroz qimmatga tushayotgani ham bor gap. Daryoda hozircha suv anchagina tortilgan. Vaqti kelib suv ko‘tarilganda esa aholi yanada qiyin ahvolga tushishi aniq.

Aholining aytishicha, ushbu ko‘prik masalasida ko‘pgina joylarga murojaat qilishgan ekan. Mutasaddilarning javobi esa har doimgi javob – “dasturga kiritganmiz”. Dastur muddati esa mavhumligicha qolmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zbC_VkSVzdI" title="Yuqori Chirchiq aholisi ko‘prik ta’mirlanishiga muhtoj" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Yuqori Chirchiq tumanining “Qizilsoy” mahallasidan o‘tgan mazkur ko‘prik oddiy bir kichkina ko‘prik emas, Toshkent viloyatining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida kattagina ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘l o‘tkazgichdir. Poytaxtimizni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlaydigan Qo‘yliq dehqon bozoriga kirib borayotgan asosiy mahsulotlar ham ayni shu ko‘prik orqali yetib borar ekan.

Mas’ullar yuz minglab aholiga ega hududlarni bog‘lab turuvchi ushbu ko‘prikka jiddiy e’tibor qaratishsa, yelkalaridagi yukni xalos etish bilan birga kattagina savobga ham ega bo‘lishgan bo‘lar edi.

Sh.Otaboyev, N.Abduvoitov (video), O‘zA