Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yunusobod” sport majmuida start olgan xotira turniridan fotoreportaj
00:32 / 2024-07-20

Poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida futzal bo‘yicha «Mirabror Usmonov kubogi» uchun xotira turniri start oldi. Turnirda Tojikiston, Qirg‘iziston, Gvatemala va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirok etadi.

Musobaqa oldidan xotira turnirining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.  

 Ochilish marosimida Mirabror Usmonovning futbolimiz taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida kichik videorolik namoyish etildi. Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan marosimda Mirabror Usmonov xotirasiga bir minut sukut saqlab, marhumning xotirasi yodga olindi.

[gallery-18346]

So‘ngra O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro turnirning ilk uchrashuvida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Tojikistonga qarshi maydonga tushdi.  

 Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuv hamyurtlarimizning g‘alabasi bilan yakun topdi: O‘zbekiston – Tojikiston 3:2.

Xotira turniri 24 iyulga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN(surat),O‘zA