Belarus Respublikasida yunon-rum kurashi bo‘yicha U20 yosh toifasida jamoalar o‘rasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda mamlakatimizning yosh polvonlari munosib ishtirok etdi.
Asliddin Xudoyberdiyev murabbiyligidagi kurashchilarimiz 10 ta vaznda tashkil etilgan jamoalar o‘rasida kechgan saralash bellashuvlarida raqiblarini dog‘da qoldirdi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Medallar uchun kechgan kurashlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kumush medalni hamda turnir nizomiga muvofiq 2 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritdi.

Xalqaro turnirda g‘oliblikka erishgan Rossiya jamoasi 3 ming, 3-o‘rin sohibi bo‘lgan Belarus terma jamoasi a’zolari 1 ming AQSH dollariga egalik qildi.
Belarus musobaqalarida terma jamoamiz sharafini Otabek Tursunov, Doston Oripov, Quvonch Ismoilov, Og‘abek Muqimov, Fayozbek Eshmirzayev, Og‘abek Asqaraliyev, Bekmurod Rustamov, Bobur Abdurasulov, Faxrikamol Komiljonov, Saidamir Ne’matov himoya qildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA