Yunon-rum kurashi: hamyurtlarimiz jahon reytingida e’tirof etildi
Kuni kecha Birlashgan kurash dunyosi (UWW) joriy yil dekabr oyi uchun jahon reytingining yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.
E’tiborli jihati, ortda qolayotgan yil sarhisobini o‘zida aks ettirgan mazkur ro‘yxatdan joy olgan yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi o‘z vazn toifalarida yetakchilar qatorida qayd etildi.

Yil davomida tashkil etilgan bir qator xalqaro turnir va chempionatlarda yuqori natijalarga erishish ortidan qimmatli ochkolarni jamg‘argan Alisher G‘aniyev, Aytjan Xalmaxanov va Abdullo Aliyev o‘z vazn toifalarida jahon reytingining peshqadami sifatida e’tirof etildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA