Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yunon-rum kurashi: Hamyurtlarimiz Budapesht turnirida sovrindor bo‘ldi
12:01 / 2025-07-21

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari bo‘yicha “Polyák Imre & Varga János Memorial” reyting musobaqasida yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib natijaga erishdi.

Yunon-rum kurashi ustalaridan hamyurtimiz Abdullo Aliyev -72 kilogrammda kumush, -82 kilo og‘irlikda gilamga chiqqan Jalgasbay Berdimuratov bronza medaliga ega chiqdi.

U-20 va U-23 yosh toifalarida Osiyo chempioni, kattalar o‘rtasidagi qit’a birinchiligining vitse-chempioni hisoblangan Aliyev turnirning hal qiluvchi bahsida Gruziya vakili, Yevropa chempionati sovrindori Yuri Lomadzega qarshi bahs olib bordi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA