Yunon-rum kurashi: hamyurtimiz Yevropa chempionini mag‘lub etdi
Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida joylashgan "Dinamo" sport arenasida professional kurash ligasining PWL 10 turnirida o‘zbekistonlik sportchi muvaffaqiyatga erishdi.
Dunyoning eng kuchli polvonlari bellashgan mazkur nufuzli liga bahslarida hamyurtimiz, yunon-rum kurashchisi, 2025 yilgi jahon chempionati oltin medali sohibi Aytjan Xalmaxanov gilamga chiqdi. Chirchiq kurash maktabi tarbiyalanuvchisi Xalmaxanov Turkiya vakili Kerem Kamal bilan bahs olib bordi.
Shiddatli kechgan bellashuvda hamyurtimiz Yevropa chempioni Kerem Kamalni 8:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, professional kurash ligasining PWL 10 turniri g‘olibiga aylandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA