Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YUNON-RUM KURASHI: Hamyurtimiz jahon chempionati kumush medali sovrindori
18:09 / 2018-10-27

Yelmurat Tasmuradov ikki bor jahon chempionati bronza medali sovrindori edi, endi u medallar probasini yanada yaxshiladi


Yelmurat Tasmuradov ikki bor jahon chempionati bronza medali sovrindori edi, endi u medallar probasini yanada yaxshiladi

Kecha xabar berganimizdek, Vengriya poytaxti Budapesht shahrida oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha jahon chempionatida hamyurtimiz Elmurat Tasmuratov final bahsida ishtirok etdi. -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Yelmurat musobaqa davomida Belarus, Xitoy, Moldova va Ukraina vakillaridan ustun keldi. Hal qiluvchi jangda esa rossiyalik Stepan Maryanyanga qarshi gilamga chiqdi. Murosasiz va keskin oʻtgan jangda rossiyalik polvon 6:3 hisobida hamyurtimizdan ustun keldi. Shu tariqa Tasmuratov jahon chempionatining kumush medali bilan kifoyalandi.

Yelmuratning bungacha ikki marotaba jahon chempionatlarining bronza medallariga bilan taqdirlanganligini inobatga olsak, bu gal medallarning probasini yaxshilaganligiga guovh boʻldik. Bundan tashqari Elmurat Rio Olimpiadasi sovrindori hamdir.

Mazkur jahon chempionatida hamyurtlarimiz hozircha umumiy holda ikkita medalni qoʻlga kiritishdi. Tasmuratdan tashqari erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov ushbu jahon chempionatida bronza medaliga sazovor boʻlgandi.