Chirchiq shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionati terma jamoa uchun munosib nomzodlarni saralash bilan birga iste’dodli yoshlarni saralash vazifasini o‘tamoqda.
Chempionatning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan mutasaddilar boshqa sport turlarida bo‘lgani kabi yunon-rum kurashida ham O‘zbek sportining yangi yuksalish davri boshlanayotganligi erishilayotgan natijalarda o‘z aksini topayotganligini ta’kidlashdi.

Xususan, 24 yil muqaddam O‘zbek sportining yorqin vakuili Dilshod Oripov yunon-rum kurashida jahon chempionligiga erishgan bo‘lib, yaqinda mahoratli kurashchimiz Chirchiq sport maktabi tarbiyalanuvchisi Aytjan Xalmaxanov salkam chorak asr muqaddam qayd etilgan muvaffaqiyatni takrorladi.

Musobaqaning ochilish marosimida mutasaddilar Chirchiq shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha U20 yosh toifasida boshlangan O‘zbekiston chempionati yangi chempionlar avlodini kashf etishi bilan ahamiyatli ekanligini qayd etishdi.
Musobaqada 5 ta yosh toifasidagi kurashchilar bellashuvlarni boshlab, g‘alablik uchun jonbozlik ko‘rsatmoqda.
Yosh kurashchilar uchun o‘z mahoratini namoyish etish, tajriba orttirish va milliy terma jamoaga nomzod bo‘lish yo‘lida muhim sinov vazifasini o‘taydigan chempionat bellashuvlari davom etmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA