Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yunon-rum kurashi bo‘yicha polvonlarimiz jahon reytingida yetakchi
11:15 / 2025-12-17

Birlashgan kurash dunyosi (UWW) tomonidan erkin, ayollar va yunon-rum kurashi bo‘yicha 30 ta vazn toifasida eng yuqori reytingni egallagan polvonlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Quvonarlisi, yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar vakili – Aytjan Xalmahanov (-63 kg.), Alisher G‘aniyev (-60 kg.) hamda Abdullo Aliyev (-72 kg.) UWW reytingida birinchi o‘rindan joy oldi.  

Quyida yunon-rum kurashi reytinggi bilan tanishasiz:

55 kg. — Vaxtang Lolua (Gruziya)

60 kg. — Alisher Ganiyev (O‘zbekiston)

63 kg. — Aytjan Xalmahanov (O‘zbekiston)

67 kg. — Said Ismoili (Eron)

72 kg. — Abdullo Aliyev (O‘zbekiston)

77 kg. — Axmet Yilmaz (Turkiya)

82 kg. — Gela Bolkvadze (Gruziya)

87 kg. — Aleksandr Komarov (Serbiya)

97 kg. — Aleks Syoke (Vengriya)

130 kg. — Darius Vitek (Vengriya).

Afsuski, ayollar kurashi va erkin kurash bo‘yicha UWW reytingining yetakchi polvonlar orasida hamyurtlarimiz o‘rin olmadi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ayollar kurashi bo‘yicha Evin Demirxan Yavuz (Turkiya), Antim (Hindiston), Yekaterina Verbina (UWW), Helen Marulis (AQSH), Sakura Onishi (Yaponiya), Bilyana Dudova (Bolgariya), Miva Morikava (Yaponiya), Ami Ishii (Yaponiya), Alla Belinskaya (Ukraina), Ayperi Medet qizi (Qirg‘iziston) ro‘yxatning birinchi o‘rnidan joy oldi.

Erkin kurash bo‘yicha UWW reytingida yetakchi polvonlar bilan quyida tanishasiz:

57 kg. — Chongson Xan (KXDR)

61 kg. — Zavur Uguyev (UWW)

65 kg. — Rahmon Amo‘zod (Eron)

70 kg. — Yoshinosuke Aoyagi (Yaponiya)

74 kg. — Tajmuraz Salkazanov (Slovakiya)

79 kg. — Xidir Saypudinov (Bahrayn)

86 kg. — Zahid Valensiya (AQSH)

92 kg. — Trent Xidley (AQSH)

97 kg. — Kayl Snayder (AQSH)

125 kg. — Shamil Sharipov (Bahrayn)

Ma’lumot o‘rnida: har bir vazn toifasida eng yuqori reytingni egallagan polvonga 5 ming Shveysariya franki (CHF) miqdorida pul mukofoti taqdim etiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA