Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yunon-rum kurashi: Bir yillik tanaffusdan keyingi ilk xalqaro turnir
11:15 / 2021-01-11

Bugun tongda yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Toshkent-Istanbul-Zagreb yo‘nalishi bilan Xorvatiyaga yo‘l olishdi, deya xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Rejaga ko‘ra, sportchilarimiz 12-18 yanvar kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida o‘tkaziladigan "Gran Prix Zagreb Open-2021" turnirida ishtirok etishadi. Bu yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamizning bir yillik tanaffusdan so‘ng qatnashadigan dastlabki xalqaro musobaqasi hisoblanadi.

Zagreb turniri yakuniga yetishi bilan Xorvatiyaning Porech shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlanadi. "Gran Prix Zagreb Open-2021" musobaqasida qatnashgan aksariyat terma jamoalar 18-29 yanvar kunlari oralig‘ida o‘tkaziladigan ushbu xalqaro mashg‘ulotlarda ham ishtirok etishni rejalashtirgan.

Shuningdek, Zagreb Gran-prisida hamyurtimiz, Xalqaro toifadagi referi, «Oltin hushtak» sohibi Tohir G‘ulomov hakamlik qiladi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda yunon-rum kurashchilarimiz tomonidan Tokio Olimpiadasiga 3 ta litsenziyasi qo‘lga kiritilgan. 2019 yil Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida o‘tgan jahon chempionatida Elmurat Tasmuradov, Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov Olimpiada yo‘llanmasiga sazovor bo‘lishgan edi.

Milliy terma jamoamiz Xorvatiyaga yo‘l olgan tarkibi:

-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev, Ilhom Bahromov

-60 kg: Muhammadqodir Yusupov

-63 kg: Elmurat Tasmuradov

-67 kg: Mirzobek Rahmatov

-72 kg: Aram Vardanyan

-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov

-97 kg: Jahongir Turdiyev

-130 kg: Mo‘minjon Abdullayev

Murabbiylar - Ravshan Ro‘ziqulov, Rustam Qudratov, Zaza Silagadze

Hakam - Tohir G‘ulomov

Massajchi - Uzrob Tursunaliyev