Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yunon-rum kurashi: Belarusda sportchilarimiz 16 ta medalli bo‘ldi
16:26 / 2025-11-25

Belarusning Minsk shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Oleg Karavayev xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchilar munosib natija qayd etishdi.

Belarus, Rossiya, Gretsiya, Armaniston va O‘zbekiston yunon-rum kurashi ustalari qatnashgan qiziqarli bellashuvlarda 10 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medaliga ega chiqqan Belarus terma jamoasi umumjamoada yetakchilikka erishdi. 3 oltin, 6 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2-o‘rinni, 3 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medali jamg‘argan Rossiya vakillari kuchli uchlikka yakun yasadi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Ixtiyor Botirov, Husniddin Olimboyev, Shermuhammad Sharifjonov shohsupaning eng yuqorisidan joy olgan bo‘lsa, Jasurbek Ortiqboyev, Mehroj Bahromov, Islom Bahromov, Muhammadqodir Rasulov, Ilyos Abdinazarov kabi sportchilarimiz sovrindor bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA