Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yunon-rum kurashchilarimiz chempionatni umumjamoada 2-o‘rin bilan yakunladi
12:22 / 2023-07-17

Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari bo‘yicha U20 yosh toifasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz yunon-rum kurashi vakillari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga musharraf bo‘ldi.

Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, terma jamoamiz a’zolaridan Alisher G‘aniyev, Husniddin Olimboyev, Abdullo Aliyev oltin, Ilyosjon Abdinazarov va Damirxon Rahmatov kumush, Quvonchbek Yaxshiboyev va Abdulloh Abdumutalibov bronza medallariga ega chiqdi.  

Iste’dodli sportchilarimizning erishgan ushbu natijalari tufayli terma jamoamiz umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi. 

Qit’a chempionati nizomiga binoan endi ushbu yosh toifasida ayollar hamda erkin kurash ustalari orasida kuchlilar aniqlanadi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA