Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslarida yunon-rum kurashi bo‘yicha ikkinchi kungi bellashuvlar o‘tkazildi.
Unda Quvonchbek Yaxshiboyev, Shermuhammad Sharibjonov, Abdullo Aliyev, Rahimjon Uzoqov, Abduqodir Jalilov, Temurbek Nasimov kabi polvonlar o‘z vazn toifalarida barcha raqibini yengib, mamlakat kubogi g‘olibiga aylandi.


Darvoqe, kuni kecha O‘zbekiston kubogining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Sport vazirligi, MOQ va mamlakat sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Shuningdek, mazkur musobaqa finalida shohsupaga ko‘tarilgan polvonlar sportimiz mutasaddilari tomonidan munosib taqdirlandi.


Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan polvonlar bellashuvi 7 mayga qadar davom etadi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari joriy yilda Xorvatiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik uchun terma jamoa tarkibiga qo‘shib olinadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA