Yunon-rum kurashchilari mamlakat chempionatida bahslashmoqda
Buxoro shahrida sport kurashlarining yunon-rum kurashi bo‘yicha U17 yosh toifasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda. Kuni kecha ushbu musobaqada dastlabki g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
Vazni –45 kg. toifasida o‘tgan bellashuvlarda Shonazarbek Shonazarov final bosqichida Javohir Sharifboyevni taslim etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Javohir esa kumush medal bilan taqdirlandi. Abubakir Abdurashidov va Mirislam G‘ofurov ushbu vaznda bronza medaliga ega chiqdi.

Shuningdek, musobaqa davomida Bunyod Hasanov, Sardor G‘oipnazarov, Qodirjon Fozilov va Abdulaziz Xolmirzayev kabi yosh polvonlarimiz o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA