English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YUNISEF: Turkiyada 2,5 million bola yordamga muhtoj
13:42 / 2023-03-03

Turkiyaning zilzila bo‘lgan hududlarida 2,5 million bola tezkor gumanitar yordamga muhtoj, dedi BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ijrochi direktori Ketrin Rassel mamlakatga uyushtirgan ikki kunlik safarini yakunlagandan so‘ng.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ketrin Rassel ofat sodir bo‘lgan hududlarda jabr ko‘rgan oilalar bilan uchrashgan, jumladan, hozirda 17 ming suriyalik qochqin vaqtinchalik joylashtirilgan markazga ham borgan. Xabarda aytilishicha, qochqinlarning uchdan bir qismi bolalardan iborat.

Rassel shuningdek, YUNISEF ko‘magida Gaziantepda tashkil etilgan jabr ko‘rgan bolalar va kattalarga ruhiy yordam ko‘rsatish markazida ham bo‘lgan.

«Zilzila jabr ko‘rgan bolalar uchun haqiqiy fojia bo‘ldi. Hamma joyda oilaviy tashvish va kulfatga duch kelasiz. Atrof tasavvur qilib bo‘lmas vayronalar bilan to‘lgan. Ko‘plab binolar ag‘anagan, ular orasida ba’zan, ko‘rpa, o‘yinchoqlar, bolalar kitobchalarini ko‘rishingiz mumkin va bularning barchasi bolalar hayoti vayron bo‘lganidan yoki to‘xtaganidan guvohlik beradi», – dedi YUNISEF vakili. Hozirgi kungacha Bolalar jamg‘armasi Turkiyada zilzila hududlarida 277 ming kishiga, jumladan, 163 ming bolaga gumanitar yordam ko‘rsatdi. Muhtojlar qishki kiyim-bosh, ko‘rpa, isitadigan qurilmalar va tozalik vositalarini olgan.

Jamg‘arma Turkiyadagi bolalar va ularning oilalari uchun donorlardan 196 million dollar so‘ramoqda. Mazkur mablag‘ tezkor gumanitar yordam ko‘rsatishga va ta’lim tizimini qayta tiklashga hamda ruhiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uzoq muddatli loyihalarga sarflanadi, deyiladi xabarda.