Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YUNFPA ommaviy axborot vositalari uchun gender sezgir kontent yaratish bo‘yicha trening o‘tkazdi
10:16 / 2024-09-28

Ommaviy axborot vositalarida gender tengligini targ‘ib qilish va ommaviy axborot vositalari xodimlari salohiyatini kuchaytirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi hamkorligida “Gender-sezgir kontent yaratish” mavzusida media-trening tashkil etildi.

Ikki kunlik seminarda jurnalistlar, bosh muharrirlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari genderga oid xabarlar va uning jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi ahamiyati haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘ldilar.

Ushbu trening O‘zbekiston media landshaftida gender tenglikni oshirishga qaratilgan kengroq tashabbusning bir qismi sifatida tashkil etildi.

Kun tartibida bir qator muhim mavzular, jumladan, O‘zbekistonning gender masalalari bo‘yicha huquqiy asoslari, ommaviy axborot vositalari xodimlarining gender nuqtai nazaridan sezgir va kamsitilmaydigan jurnalistik materiallarni tayyorlash salohiyatini oshirish zarurligi ko‘rib chiqildi. 

Ishtirokchilar ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning asosiy turlari va shakllarini, ularning ayollar hayotiga ta’sirini o‘rganib, zulm va zo‘ravonlik mavzularini sezgirlik va tug‘ri yoritish bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini oshirdi. Muhokamalar, interfaol taqdimotlar va guruh mashg‘ulotlarida qatnashdi.

YUNFPA dasturining gender masalalari bo‘yicha mutaxassisi Dilora G‘aniyeva jamiyatda genderga nisbatan munosabatni shakllantirishda ommaviy axborot vositalari muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

- Ommaviy axborot vositalari idroklarga ta’sir qilishning o‘ziga xos kuchiga ega, - dedi Dilora G‘aniyeva. –  Biz ishlab chiqarayotgan kontent genderga bog‘liq bo‘lishini ta’minlash orqali biz nafaqat tenglikni targ‘ib qilyapmiz, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab ayollar va qizlarning huquqlarini himoya qilyapmiz.

Treningda ishtirokchilarga zo‘ravonlikka uchragan ayollar bilan suhbatlashish borasida  amaliy vositalar va uslublar taqdim etildi. 

Seminar doirasida jurnalistlar genderga asoslangan zo‘ravonlik haqida real hayotda reportajlar tayyorlashga mo‘ljallangan simulyatsiya ssenariylarida mas’uliyatli intervyu olish usullarini mashq qildi.

Ikki kun davomida ishtirokchilar gender tengligi va gender asosidagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq mavjud milliy qonunchilik bazasini muhokama qildi va ko‘rib chiqdi.

N.Usmonova, O‘zA