Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YUNESKO Umumjahon merosi ob’ektlari ro‘yxatiga kirishi kutilayotgan «Chor Bakr» majmuidagi yer noqonuniy auksionga qo‘yilgan
22:19 / 2022-02-07

Ijtimoiy tarmoqlarda «Chor Bakr» majmuidagi yer auksion savdoga qo‘yilganligi to‘g‘risida e’lon qilingan ma’lumotlar yuzasidan Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniy meros inspeksiyasi hamda Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 17 yanvardagi Buxoro viloyatida Xizmat tekshiruvi o‘tkazishi natijasida Buxoro tumani Shergiron MFY hududida joylashgan davlat muhofazasiga olingan «Chor Bakr» (majmuasi) madaniy meros ob’ektining muhofaza tegralarida yer uchastkalari ijaraga va mulk huquqi asosida noqonuniy elektron onlayn-autsionga qo‘yilganligi aniqlandi.

Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan 2022 yil 7 yanvar kuni (03-m/21-sonli) Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasiga yo‘llangan murojaat xatiga ko‘ra «Chor Bakr» majmuasi qo‘riqlanadigan tegrasidan 0.018 ga 6 ta jami (0.10,8 ga) bo‘sh turgan yer uchastkasini «YeRELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan chiqarib tashlash choralarini ko‘rishni bildirgan.

Ushbu majmua YUNESKO Umumjahon merosi ob’ektlari ro‘yxatiga kiritish mutaxassislar ishtirokida, ilg‘or va yuqori texnologik uskunalardan foydalangan holda nomzodlik hujjatlari tayyorlanib, belgilangan tartibda YUNESKO Umumjahon merosi markaziga taqdim etilgan.

Holat yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Madaniy meros inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi tomonidan XIX-XX asrlarga mansub bo‘lgan ushbu tarixiy yodgorlikning muhofaza qilinadigan tegralar hududidan ijaraga va mulk huquqi asosida 6 ta har biri 0,018 ga dan iborat yer uchastkalari berilishi amaldagi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda elektron onlayn-autsion orqali sotuvga qo‘yilganligini inobatga olinib, holatga huquqiy baho berish maqsadida hujjatlar huquq-tartibot organi idoralariga yuborilgan.

O‘rganish natijalari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

O‘zA