Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YUNESKO sessiyasida ko‘riladigan masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
10:45 / 2023-03-25

Butunjahon antidoping kodeksiga qo‘shimcha ravishda tasdiqlangan “Sportda dopingga qarshi kurash to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiya deyarli barcha mamlakatlar amal qilishi lozim bo‘lgan huquqiy normativ hujjatlar sirasiga kiradi.

2005 yilning  oktyabr oyida qabul qilingan Konvensiyaning asosiy maqsadi tinchlik va xavfsizlikka ko‘maklashishga hissa qo‘shish hisoblanadi. bugungi kunda mazkur xalqaro hujjatning muhim yo‘nalishlaridan biri jismoniy tarbiya va sport sohasida yuz berishi mumkin bo‘lgan doping holatlari oldini olish va uni bartaraf etishga qaratilgan.

Ma’lumki, mazkur Konvensiya qoidalariga amal qilinishi bo‘yicha har ikki yilda bir marotaba Fransiyaning Parij shahrida YUNESKOga a’zo 195 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida sessiya o‘tkaziladi. Uning ish tizimida mamlakatimiz ham doimiy ishtirok etib keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligida mazkur masalaga aloqador vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori A.Sodiqov boshqargan yig‘ilishda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligidan vakillar ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida Konvensiyaning asosiy maqsadi, unda ko‘rsatilgan bandlar bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, Parijda o‘tishi kutilayotgan YUNESKO sessiyasida ko‘riladigan masalalarda mamlakatimiz vakillari tomonidan ilgari surilishi lozim bo‘lgan dopingga qarshi kurash yo‘nalishlari xususida fikr almashildi.  

T. RO‘ZIEV, O‘zA