Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YUNESKO O‘zbekistonning «Hikoyani tarjima qiling» loyihasiga qo‘shilish taklifiga ijobiy javobini e’tirof etdi
11:15 / 2021-01-09

O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib YUNESKOning «Hikoyani tarjima qiling» (Translate a Story) loyihasiga qo‘shilish taklifiga ijobiy javob qaytargan mamlakat bo‘ldi.

Raqamli kutubxona tomonidan Global Digital Library (Global raqamli kutubxona) bilan hamkorlikda bolalar uchun 130 ta kitob hamda interaktiv ta’lim o‘yinlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

– Mavjud ta’lim manbalarining lingvistik xilma-xilligi ta’lim sifati uchun juda muhimdir. Bolaning o‘z ona tilida ta’lim olishi uning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniq, – deydi YUNESKO Bosh direktorining ta’lim bo‘yicha yordamchisi Stefaniya Jannini.

Tarjima qilingan kitoblar Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiyasi jamoasi tomonidan Global raqamli kutubxonaga taqdim etildi. Badiiy hikoyalar bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarning o‘qishi uchun tavsiya qilinadi.

Global raqamli kutubxona Norvegiyaning rivojlanish agentligi (NORAD) hamda boshqa hamkorlar tomonidan Global Book Alliance tarkibida ishlab chiqilgan bo‘lib, YUNESKO uni amalga oshirish bo‘yicha texnik ko‘mak taqdim etib kelmoqda.

Global raqamli kutubxona o‘qish materiallarini har qanday raqamli qurilmadan uydan bepul foydalanish imkonini beradi. Yaqinda Global raqamli kutubxonada ko‘zi ojiz bolalarga matnning ovozli versiyasini va tasvirlarning tavsifini tinglash imkoni paydo bo‘ldi.

Hozirda ushbu kutubxonada 73 tilda mavjud bo‘lgan 5000 ta kitobdan tashqari, kutubxonada bolalarga matematik mahoratini oshirishda yordam beradigan interaktiv o‘yinlar ham joriy etilmoqda. Ushbu o‘yinlardan ko‘rish qobiliyati past bolalar ham foydalanishi uchun imkoniyat yaratilgan. O‘zbekiston ushbu o‘yinlarning 20 ga yaqinini o‘zbek tiliga tarjima qildi.

YUNESKOning Olmotadagi vakolatxonasi direktori Krista Pikkat O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligiga YUNESKO bilan hamkorlik hamda ko‘ngilli tarjimonlarga minnatdorlik bildirar ekan, O‘zbekiston singari boshqa mamlakatlar ham ushbu innovatsion tashabbusga qo‘shilishiga umid bog‘ladi.

O‘zA