So‘nggi 40 yilda birinchi marta YUNESKO Bosh konferensiyasining Parijdan tashqarida — Samarqandda o‘tkazilishi, bu avvalo, tashkilotga a’zo davlatlarning Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga bo‘lgan yuksak ishonchining yorqin ifodasidir.
Qolaversa, Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan qadimiy Samarqandning tarixiy qudratidan, dunyo hamjamiyatining bu navqiron kentga nisbatan e’tiboridan dalolat.
Ushbu nufuzli tadbirning ochilish marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi. Unda bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Otabek Musurmonov o‘z munosabatini bildirdi.
Deputat qayd etganidek, keyingi yillarda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imiji oshib, mustahkamlanib bormoqda. Bu YUNESKO konferensiyasining Samarqandda o‘tkazilgani misolida ham o‘z aksini topdi.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida inklyuziv ta’lim, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, iqlim inqirozlari kabi bir qator global masalalarga e’tibor qaratdi. Shuningdek, bugungi virtual olamdagi salbiy illatlarga, insonlarga nisbatan bo‘layotgan hujumlarga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning o‘rni, bu o‘ta strategik ahamiyatga ega ekaniga e’tibor qaratildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Jb1bGFWfhyk" title="YUNYeSKO konferensiyasining Samarqandda o‘tgani Yangi O‘zbekiston islohotlariga ishonch namunasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA