English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YUNESKO ekspertlari Buxorodagi yodgorliklar holatini o‘rgandi
10:17 / 2021-10-07

YUNESKOning Yodgorlik va diqqatga sazovor joylar bo‘yicha xalqaro kengashi (IKOMOS) eksperti Natalya Turekulova boshchiligidagi xorijiy delegatsiya vakillari ''Ipak yo‘li: Zarafshon-Qoraqum koridori'' yo‘nalishi bo‘yicha Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishga nomzod bo‘lgan Buxoro viloyatidagi bir qator madaniy meros va arxeologiya yodgorliklarining holatini o‘rgandi.

Xalqaro ekspertga Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti direktori Dmitriy Voyakin, Ilmiy-ekspert Kengashi a’zosi Mavluda Yusupova, Madaniy meros agentligi vakili Alibek Rasulov hamda viloyat madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari hamrohlik qildi.

– Ekspertlar viloyatdagi Vardonze, Varaxsha, Poykent arxeologiya yodgorliklari, Vobkent minorasi, Chashmai Ayub xazirasi hamda Bahouddin Naqshband va Chor Bakr majmualarini o‘rgandi, – deydi Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Mahmudov. –Ish jarayonlari davomida ekspertlar tomonidan ob’ektlar holatini yaxshilash va ularga sayyohlarni keng jalb qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Viloyatda madaniy meros ob’ektlarini asrash va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, madaniy meros ob’ektlarining holati, kuchaytirilgan moratoriy ishlarining olib borilishi va kelajakdagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Xalqaro ekspertlar Buxorodagi madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va saqlash borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholagan holda, kelajakda viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Zarif Komilov, O‘zA