Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YuNESKO Bosh direktori Samarqand bilan tanishdi
15:06 / 2019-08-26

Yuqori martabali mehmon Registon maydoniga kelib, esdalik uchun suratga tushdi.


Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) Bosh direktori Odri Azule xonim O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov hamrohligida Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy obidalarga tashrif buyurdi.

Odri Azule xonim Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi va Bibixonim masjidi bilan tanishuv chog‘ida ushbu tarixiy obidalarning arxitekturasi, ularning bezaklariga alohida e’tibor qaratdi. Bu inshootlardagi har bir detal ma’lum bir ma’no-mazmunga egaligini qayd etib, ularni asrab-avaylash zarurligini ta’kidladi.

photo5413552234043648958.jpg

photo5413552234043648960.jpg

photo5413552234043648964.jpg

“Afrosiyob” muzeyidagi devoriy suratlar va ularda aks etgan manzara ham YuNESKO Bosh direktorida hayrat uyg‘otdi. Bu devoriy surat insoniyat o‘tmishining qanchalik serqirra va boyligidan dalolat berishi ta’kidlandi. Ayniqsa, devoriy suratlarda shoh saroyidagi qabul marosimida sozanda va xonandalarning aks ettirilgani bu zaminda azaldan musiqa, san’at rivoj topganligini ko‘rsatadi.

Yuqori martabali mehmon Registon maydoniga kelib, esdalik uchun suratga tushdi.