Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yulduzli tunlar” yapon tilida
11:13 / 2022-10-24

O‘zbek xalqining sevimli va mahoratli adibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatiga oid ummonday cheksiz mavzularni, tarixiy haqiqatlarni badiiy asarlarga muhrlagan milliy adabiyotimizning yorqin namoyandasidir. Uning tarixiy asarlari o‘sha davr muhitini, tarixiy shaxslar qiyofasini kitobxon ko‘z oldida yorqin gavdalantiradi, qalamga olingan davr bilan xayolan yonma-yon yashashga chorlaydi.

Adibning mashhur “Yulduzli tunlar” romanida Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko‘targan og‘a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. 12 yoshida taxtga o‘tirgan Boburning qismati, taqdirning ayanchli zarbalariga qarshi jasoratiyu mahorati o‘z ifodasini topgan.    

Yaqinda “Yulduzli tunlar” romani yapon tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. Mazkur tarixiy asar tarjimon Xisako Yamaguchi tomonidan yapon xalqiga o‘z tillarida taqdim etildi. Romanning O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yillik yubileyi doirasida hamda O‘zbek tili bayrami kuni arafasida nashr etilgani alohida ahamiyatga va mazmunga egadir.  

Qadimdan Buyuk ipak yo‘li orqali bog‘langan ikki mamlakat xalqlarining tarixiy aloqalari hamda ma’naviy qadriyatlari mushtarakdir. bugungi kunda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan madaniy-gumanitar aloqalar yanada izchil rivojlanib borayotir. “Yulduzli tunlar” romani ushbu yo‘nalishdagi aloqalarning mustahkamlanishiga, yapon xalqining yurtimiz madaniyati va tarixi haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qiladi.    

 

M.Komilova,  

O‘zA