Yuldasheva Nargiza Taxirjonovnaning fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Singulyar koeffitsiyentli aralash tipdagi tenglamalar uchun nolokal chegaraviy masalalar” mavzusida
Yuldasheva Nargiza Taxirjonovnaning 01.01.02 – “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha “Singulyar koeffitsiyentli aralash tipdagi tenglamalar uchun nolokal chegaraviy masalalar” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 7 yanvar kuni soat 17:00 dagi onlayn majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 9-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Tel.: (99871) 207-91-40
e-mail: uzbmath@umail.uz