Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yuksalish”ning istiqbolli loyihalari
12:02 / 2021-09-28

Namangan shahri Davlatobod tumanidagi “Yuksalish” sanoat shaharchasida “Yuksalish”, “Yoshlar” va “Kushon” kichik sanoat zonalari tashkil etilgan.

Shaharchadagi “Yuksalish” kichik sanoat zonasida jami 1,2 trillion so‘mlik 96 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Hozirgacha bu yerda 7 mingdan ziyod ish o‘rni yaratildi.

“Yoshlar” kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 804 milliard so‘mlik 60 ta loyiha, “Kushon” hududida esa 1,6 trillion so‘mlik 129 ta loyiha joy olgan. Ularda, mos ravishda, qariyb 5 mingta va 13 mingta ish joyi tashkil etiladi.

[gallery-4074]

Sanoat shaharchasidagi “Glass yexpo” mas’uliyati cheklangan jamiyatida oynaga milliy naqshlar va zamonaviy dizayn asosida ishlov berish yo‘lga qo‘yilgan.  

2019 yilda faoliyat boshlagan korxona to‘la quvvat bilan ishga tushgach, yiliga 1 million 200 ming dollarlik mahsulot eksport qilish imkoni yaratiladi.  

 

 

Temur MAMADAMINOV (surat), O‘zA