Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuksalishlar yili bo‘ladi
12:44 / 2024-01-01

O‘zbekistonimizning milliy manfaatlariga javob beradigan hamda yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosiy yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha muayyan natijalarga erishildi.

Birgina misol, o‘tgan yilda davlatimiz rahbarining qo‘shni Qirg‘iz Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston – Qirg‘izistonning do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Unda manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari qayd etilib, birinchi navbatda, o‘zaro savdo hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish zarurligi belgilandi.  

Faxrlanadigan jihati shundaki, O‘zbekiston yetakchisi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun tashkilotning oliy mukofoti – MDH faxriy nishoni bilan taqdirlandi.

Yangi 2024 yilda davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda keng qamrovlarda olib borilayotgan oqilona va xalqparvar siyosat – mamlakatimiz iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy, madaniy va tashqi siyosiy ravnaqining yanada yuksalishi, o‘zbek xalqi va barcha o‘zbekistonliklarning o‘zaro milliy tinch-totuv hamda o‘zaro himjihatlikda hayot kechirishiga ishonchimiz komil.  

Yangi  2024 yil  do‘stona munosabatlar, yaxshi qo‘shnichilik, millatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik va O‘zbekistonimizning barcha jabhalardagi ulkan yuksalishlar yili  bo‘lishini istaymiz.  

O‘rol O‘razboyev,  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.  

O‘zA