Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuksak sharaf va katta mas’uliyat
14:17 / 2015-12-05

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida Asosiy qonunimiz qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida Asosiy qonunimiz qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z.Do‘sanov va boshqalar Konstitutsiya mamlakatimiz siyosiy, huquqiy va iqtisodiy tizimini mustahkamlaydigan Asosiy qonunimiz ekanini ta’kidladi. Ushbu hujjatda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklarga rioya etish har bir fuqaro, davlat va jamoat tuzilmalarining burchidir.

Bojxona xizmati mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligi va xavfsizligini mustahkamlash, uning manfaatlari va ichki bozorni himoya qilishning muhim vositalaridan biridir. Bojxonachilar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sharaf bilan bajarmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida uning barcha darajadagi tuzilmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda bojxona organlari xodimlarining bir guruhiga davlatimizning yuksak mukofotlari topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xalqaro bojxona hamkorligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Gulfiya Habiyeva bojxona organlari xodimlari orasida “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan birinchi ayoldir.

– Ko‘plab bojxona masalalarini hal etish bojxona organlari va turli xalqaro tashkilotlardan yaqin hamkorlikni talab qiladi, – deydi G.Habiyeva. – Bo‘limimiz ana shunday aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash bilan shug‘ullanadi. Bu bojxona sohasini yanada rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va Davlat bojxona qo‘mitasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash imkonini berayotir. Vatanimizga xizmat qilish biz uchun ulkan sharafdir. Davlatimiz rahbarining bojxona xizmati xodimlariga katta e’tibor qaratayotgani faoliyatimiz samaradorligini yanada yaxshilash va xizmat sifatini oshirishga undamoqda.

Tadbirda Konstitutsiyamizning jamiyatimiz hayotidagi ahamiyati, sohaga oid qonunlarning samarali bajarilishini ta’minlash, bojxona xodimlarining kasb mahoratini yanada oshirish bo‘yicha fikr almashildi.