Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuksak natijalarga erishayotgan yoshlar (+video)
19:15 / 2025-07-29

Bugungi kunda yurtimizda faol va tashabbuskor yoshlar soni ortib bormoqda. Shu bilan birga, intiluvchan, ilmga chanqoq bu kabi yoshlar davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

O‘z o‘rnida ular ham yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yuksak natijalarga erishmoqda. 

Masturaxon Nabixonova ham yurtimizdagi faol yoshlardan biri. U o‘zining bilimi va zukkoligi sabab muddatidan oldin talaba bo‘ldi. Qahramonimiz davlatimiz rahbari tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. 

Bilamizki, "Kelajak bunyodkori" medali bilan vatanparvarlik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib, xalq manfaatlari uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan, Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan yoshlar mukofotlanib kelmoqda.

Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Ambv9MKLhAI" title="Yuksak natijalarga erishayotgan yoshlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA