Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuksak mukofot o‘z egasiga topshirildi
08:38 / 2022-08-31

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida istiqomat qiluvchi 102 yoshli Hamro momo Muslimova Prezident farmoniga muvofiq, “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Yuksak mukofotni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov tantanali ravishda topshirdi.

Viloyat hokimi mukofotni o‘z egasiga topshirar ekan, davlatimiz tomonidan yoshi ulug‘ nuroniy otaxon va onaxonlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida gapirib, Prezidentimiz tabrigini yetkazdi va bayram sovg‘alarini topshirdi.

Hamro momo 40 yildan ortiq vaqt davomida o‘rta maktabda bolalarga boshlang‘ich sinflarda ta’lim bergan. Onaxon turmush o‘rtog‘i, rahmatli Adiz bobo Sharipov bilan 5 farzandni voyaga yetkazgan. Hozirgi kunda onaxon 35 nevara, 61 chevara va 22 nafar evaraning ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda.

Hamro momo shu kunlarga yetkazgani uchun shukrona keltirib, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va el farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar rivojini so‘rab, duo qildi.

 

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA